Foydalanish shartlari

Assalom-u alaykum!

MK EXPRESS kompaniyasi xizmatlaridan foydalanishga qiziqishingizdan mamnunmiz! 
Keling ishni boshlashdan oldin ish uslubimiz, qonun qoidalarimiz bilan tanishib chiqing! 

1. YUKLAR KELISH MUDDATI
Oxirgi qadoqlash kunidan boshlab, ya’ni yuklar transportga ortilib chiqib ketgandan keyin avia reyslar 5-6 kunda, avto reyslar esa 10-17 kunda yetib keladi. Har bitta reys 7 kun davomida qadoqlanadi, Reyslar taqvimi doimo kanalda oldindan e'lon qilib boriladi.

2. OG'IRLIK
Minimal og’irlik yo’q ya’ni yukingiz necha gramm chiqsa shu gramm uchun pul to’lanadi.
100 gramm olsangiz, 100 gramga to’laysiz. Ya'ni nechi gram chiqsa o'shanga to'laysiz.

3. KARGO NARXLARI
Avia Pochta narxi:
0-10 kg gacha 1 kilosi 10$ dan;
10.1-50 kg gacha 1 kilosi 9.5$ dan;
50.1-100 kg gacha 1 kilosi 9$ dan.

Aviada seriya tovar urish mumkin emas. Agar aviada seriya urilsa 12$ dan to'lanadi. Seriya tovarlarni avtoda xohlagancha urish mumkin. Narxi oddiy avto tarifda bo'ladi, yani aviadagidek qimmat bo'lib qolmaydi.

Brend Aviada 1 kilosi  13$, brend yozuvli korobkasi bilan keladi.

Avto kargo narxi:
0-30 kggacha 1 kilosi 7.5$ dan;
30,1 -100 kggacha 1 kilosi 7$ dan;
100,1 kgdan 1 kilosi 6,5$ dan.

Katta miqdordagi yuklar kelishuv asosida!

Brend buyumlarning narxi ham oddiy mahsulot bilan bir xil 7.5$ da brend yozuvli korobka hujjatii bilan birga keladi. Bu siz uchun zo'r imkoniyat.

4. FILIALLAR
50 ga yaqin Filialimiz mavjud. Filiallarimizgacha bepul yetkazib beramiz, Masalan siz Nukusda bo'lsangiz Nukusdagi filialimizgacha tekinga yetkazib beramiz. Filiallarimiz ro'yxati keyingi bosqichlarda ID olganda ko'rsangiz bo'ladi. 
Diqqat Toshkent uchun yetkazib berish xizmati bor. Toshkent bo’ylab yetkazib berish 30000 so’m, shuningdek o’zingiz kelib yoki Yandex orqali olib ketishingiz mumkin. 

5. BOG'LANISH
Har qanday savollarga @mk_express_bot dan javob olishingiz mumkin. Yukingiz Xitoy omboriga yetib borganini TREK RAQAM yordamida mkexpress.uz saytida tekshirasiz. Yukingiz omborga yetib keldi degandan keyin uzog’i 6 kunda saytdan chiqadi. Odatda 1-2 kunda chiqadi. 6 kungacha chiqmasa xitoylik kuryer yo'qotgan bo’ladi va siz magazinga yozib pulingizni qaytarib olsangiz bo'ladi.
Viloyatingiz telegram kanaliga obuna bo’lib filial adminining telefon raqamini, yuserini va manzilini o’zingiz uchun saqlab qo’ying.

6. TO'LOV 
Yukingiz Toshkent shahriga yetib kelganda hisob Mkexpress.uz saytimizdagi shaxsiy kabinetga tashlanadi. 
Saytdagi kabinetingiz uchun parol va login bu sizning ID.
Kanalimizda hisoblar kabinetga yuklandi deyilgach kirib to’lov qilib skrinshot tashlaysiz. Kabinetga yukiz kelgan payti kira olasiz. Hisob tashlangandan keyin 5 kun ichida to'lov qilib olib ketmasangiz, 6 kungacha yukingizni saqlab turishimiz uchun kuniga 30 ming so'mdan qo'shimcha to'lov undiriladi. To’lov faqat kabinetda turgan kartaga qilinadi. 
NAQD to'lov qabul qilinmaydi.

7. TAQIQLANGAN BUYUMLAR
Aviada taqiqlangan buyumlar:
1) Ichida suyuqligi bor narsalar
2) Batareykasi va magnitI bo'lgan istalgan narsa 
3) Kukunli buyumlar
4) Barcha Parfumeriya va kosmetika, yuvinish mahsulotlari
5) Oziq ovqat
6) Dori-darmon va medtexnika
7) Tilla va kumush buyumlari
8) Pichoq, Miltiq va boshqa sovuq qurollar
9) Diniy buyumlar!

Avtoda taqiqlangan buyumlar:
1. Barcha iste'mol qilinadigan mahsulotlar
2. Dori-darmon va medtexnika
3  Diniy kitob buyumlar
4. Oltin, qimmatbaho taqinchoq va zargarlik buyumlari
5. Telefonlar

Aviaga taqiqlangan narsa buyurtma berilgan bo'lsa, mijozdan so’ramasdan avtoga o’tkaziladi.
Ammo, Avtoda ham aviada ham taqiqlangan buyum/ mahsulot bo’lsa yetkazib berilmaydi.

Katta hajmli narsalarni hisoblash, buyurtma berish bo'yicha videolar telegram kanalimizda bor. 

HAMMASINI E’TIBOR BILAN O’QING, CHUNKI BU YERDA SIZ UCHUN MUHIM BO’LGAN MA’LUMOTLAR YOZILGAN. 
SHARTLARGA ROZI BO’LSANGIZ ROZIMAN DEB BELGILANG.  

ESLATIB O'TAMIZ, YUQORIDAGI SHARTLAR BIZNING QONUNIY HUJJATIMIZ HISOBLANADI.